6 Dekabr 2021 yil 555

Buxoro shahrida ayollar qo‘l sumkasini o‘margan nomaʼlum shaxs fosh etildi.

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotda, 2021 yilning 05 sentyabr kuni soat 00:20 larda nomaʼlum shaxs, I.Mo‘minov ko‘chasida joylashgan “Yaguar” kafesida, 2001 yilda tug‘ilgan J.S. ga tegishli ayollar qo‘l sumkasidan 1.000.000 so‘m naqd pullari, plastik kartasi va fuqarolik pasportini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligi bayon qilingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB TB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Navoiy viloyati Uchquduq shahri 7-kichik dahasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan B.F. ismli shaxs sodir qilganligi fosh etilib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech