22 May 2023 yil 401

Buxoro shahrida bir qator tumanlar ichki ishlar organlari xodimlari uchun tizimda yangi qabul qilingan idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish hamda ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirishga qaratilgan navbatdagi sayyor o‘quv yig‘ini tashkil etildi

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-sonli Qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlariga tizimda yangi qabul qilingan idoraviy hujjatlarni mazmun-mohiyatini yetkazish hamda ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida IIV tomonidan joriy yilning 12-may kunidan boshlab barcha hududiy IIO bo‘ylab o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, IIVning tegishli farmoyishi talablari asosida bugun, 22-may kuni Buxoro shahrida joylashgan Buxoro davlat universiteti binosida viloyatining Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro hamda Kogon tumanlari hududiy ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor o‘quv yig‘ini o‘tkazilib, yakunda xodimlarning olgan bilim va ko‘nikmalari darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari ham qabul qilindi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan sayyor o‘quv jarayonlarida IIV MMI va KBTD masʼullari podpolkovnik M. To‘rayev hamda katta leytenant N. Turg‘unovlar tomonidan mavzu yuzasidan ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar va ijrosi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech