Buxoro shahrida foxishaxona aniqlandi.
Viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Oriyat” tezkor tadbiri davomida, 1991 yilda tug‘ilgan Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida yashovchi, Yu.S. ismli ayol o‘zining yashash uyida fuqarolar A.B. va B.B. larning, S.F. ismli qiz bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun 200.000 so‘m evaziga yetarli shart-sharoitlar yaratib berib, foxishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Yu.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.