Buxoro shahrida giyohvandlik moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi.
Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Buxoro shahar Navoiy shoh ko‘chasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan A.A., joriy yilning 11 noyabr kuni soat 22:00 larda o‘zining yashash uyi oldida o‘zga bir fuqaroga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 0,29 grammga teng ozginadan ko‘p miqdordagi “GASHISH” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda 100.000 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib A.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uning uyida yana 0,51 gramm “GASHISH” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan A.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.