Buxoro shahrida o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan qiz qo‘lga tushdi.
Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yilning 11 iyul kunidan 11 avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Buxoro shahar Fatxobod ko‘chasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan R.L. ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, shkaf ichida bo‘lgan qizil rangli ayollar qishki kiyimi chap cho‘ntagida matoga o‘rab qo‘yilgan ayollar tilla taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, jabrlanuvchiga 10.000.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB 2-son IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “G” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan hamshira qiz A.z. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.