21 Fevral 2022 yil 1955

Buxoro shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy maʼlumot.

Joriy yilning 20 fevral kuni soat 22:10 larda R.A. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinasini Buxoro shahar “Gulchorbog‘” mahallasidan o‘tuvchi 4R/69 “a” avtomobil yo‘li bo‘ylab, Buxoro Aeroporti tomonidan - Kogon tumaniga tomon boshqarib borib, yo‘lning 1-kilometriga yetganida, o‘zidan oldinda u bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan, fuqaro J.Sh. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

Transport hodisasida Kobalt avtomashinasi qisqa tutashuv natijasida yonib ketgan.

Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi voqea joyida, og‘ir tan jarohati olgan Matiz avtomashinasi yo‘lovchilari va “Kobalt” avtomashinasi yo‘lovchisi kasalxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech