Buxoro shahrida sodir etilgan talonchilik jinoyati fosh etildi.
Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 09 avgust kuni nomaʼlum shaxs soat 08:30 larda o‘zganing mol-mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro shahar Sheyxon mahallasi G‘ijduvon ko‘chasida joylashgan viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi oldida harakatlanib ketayotgan Jondor tumani Romish mahallasi Rabot qishlog‘ida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan A.O. ismli qizning oldiga borib, uning bo‘ynida bo‘lgan bir dona bahosi 5.000.000 (besh million) so‘mlik ayollar tilla zanjirini ochiqdan-ochiq yulib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha tuzilgan tergov-tezkor guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani Zarangari mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan Yo.F. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi.
Hozirda ayblanuvchi Yo.F.ga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda.