Buxoro shahrida “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivali tadbirlarini o‘tkazish va unda fuqarolar hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 20-may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i, polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mutasaddi idoralar masʼul rahbarlari hamda shahar-tumanlar masʼul rahbarlari ishtirokida videoselektor tartibida yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-noyabrdagi 629-sonli qarori asosida joriy 2022-yilning 21-25 may kunlari Buxoro shahrida “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivali o‘tkazilishi yuzasidan viloyat hokimining tegishli tashkiliy tadbirlar rejasi asosida ushbu festival tadbirlari o‘tkaziladigan va aholi gavjum joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar, kuch va vositalar taqsimoti, ularning xizmat faoliyatini tashkillashtirish borasidagi vazifalar birma-bir tushuntirib berildi.
Normativ hujjatlarda keltirilgan topshiriqlardan ko‘rsatmalardan kelib chiqib, har bir yo‘nalish bo‘yicha masʼul rahbarlar biriktirilib, ularning zimmalaridagi vazifalar yuzasidan aniq va manzilli ko‘rsatmalar berildi va tezkor shtablarning faoliyati kuchaytirildi.