10 Sentyabr 2021 yil 583

Buxoro shahrida "Xavfsiz hudud" keng qamrovli profilaktik tadbirlari kuchaytirildi.

Joriy yilning 09 sentyabr kuni soat 08:00 dan 10 sentyabr kuni soat 08:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Viloyat IIB PPX va JTSB Patrul-post xizmati batalyoni va Buxoro shahar IIO FMB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda shahar mahallalari bo‘ylab "Xavfsiz hudud" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari amalga oshirildi.

Natijada 56 ta turli huquqbuzarliklar aniqlanib, maqsadsiz yurgan 346 nafar fuqarolar ichki ishlar organlariga olib kelingan holda ular bilan profilaktik ogohlantiruv suhbatlari o‘tkazildi.

Shuningdek, 59 ta korxona va tashkilotlarning qorovullik xizmatlari o‘rganilib, qorovullarning xizmat faoliyati yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Mahallabay tizim asosida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobda turgan 77 nafar shaxslar tekshirilib, ular bilan ham huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Bu kabi profilaktik tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida izchillik bilan olib borilib, Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan tezkor shtab tomonidan kunlik nazorat olib borilmoqda.

Text to speech