16 Dekabr 2021 yil 429

Buxoro shahrida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda

Bugungi kunda Buxoro shahrini jinoyat va huquqbuzarliklardan holi bo‘lgan hududga aylantirishga qaratilgan qator manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Buxoro shaxar IIO FMB XQMB masʼul xodimlari tomonidan mahallalarda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oila-turmush doirasidagi nizolarga chek qo‘yish, bunda ayniqsa xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish masalasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta‘sir o‘tkazish yoki bunday ta‘sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘ligi, jinsiy daxlsizligi, sha‘ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilinadigan g‘ayrihuquqiy harakatlar zo‘ravonlik sifatida baholanib, jabrlanuvchi xotin-qizlar davlat himoyasiga olinib, ularga ichki ishlar organlarining mas‘ul xodimlari tomonidan “Himoya orderi” rasmiylashtirib berilmoqda.

Bundan tashqari Probatsiya hisobida turuvchi hamda ilgari sudlangan xotin-qizlar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida amalga oshirilib, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan taalluqli idoralar bilan birgalikda ijobiy natijalarga erishish uchun tuzilgan hamkorlik memorandumlarida nazarda tutilgan io‘shlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Text to speech