27 Sentyabr 2021 yil 475

Buxoro shahridagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari bilan hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabr kunidagi PQ-4075-sonli Qarori talablari asosida tashkil etilgan Buxoro shahridagi mahallalarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hisobot yig‘ilishi o‘tkazilib, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida olib borilayotgan profilaktik ishlarni “mahallabay” tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida jinoyatchilik salmog‘i yuqoriligi uchun qizil hududga kiritilgan mahallalarda profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar, “Fidokor yoshlar” patrullik guruhi aʼzolarning imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda ko‘chalarda tungi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Jamoatchilik nazorati maskan” larida mahallaning ko‘ngilli fuqarolaridan iborat shakllantirilgan tungi navbatchiliklarni tashkillashtirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish, har qanday vaziyatda ham fuqarolarga nisbatan xushmuomala bo‘lish, xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari lozimligi tushuntirilib, namunali va samarali xizmat olib borayotgan yordamchilarni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga o‘qishga kirishi, Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish va boshqa yo‘nalishlarda imtiyozlardan kengroq foydalanish borasida masʼul rahbarlarga zaruriy topshiriqlar berildi.

Text to speech