25 Avgust 2021 yil 481

Buxoro shaxrida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida keng ko‘lamli tashviqot tadbirlari olib borilishi davom etmoqda.

Buxoro shaxar IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas‘ul xodimlari tomonidan Buxoro viloyati perenatal markazi xodimalari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida davra suhbatlari tashkil qilindi.

Uchrashuvlar davomida xotin-qizlar o‘rtasida hozirgi kunda ko‘p sodir etilayotgan jinotarlar, ularning sabablari va ushbu jinoyatlardan jabrlanib qolishni oldini olish mavzusida qizg‘in munozara bo‘ldi hamda oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida batafsil so‘z yuritildi.

Bundan tashqari Buxoro shaxar xudidida joylashgan DMTTlarning mudira, xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir, psixolog va oshpazlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ayrim moddalarida keltirilgan jinoyatlarni sodir etmasliklari yoki jabrlanib qolmasliklari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Text to speech