7 Sentyabr 2021 yil 875

Buxoro tumanida “Lasetti” avtomashinasi o‘g‘irligi fosh etildi.

Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yil 14 avgust kuni tuman IIB ga, Peshku tumani Guliston mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan G‘.M. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs marhum akasiga tegishli bo‘lgan Buxoro tumani Rabotak mahallasidagi uyining darvozaxonasida turgan 2018 yilda ishlab chiqarilgan “Lasetti” rusumli avtomashinani o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Mazkur xabar asosida zudlik bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan holda, kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 267-moddasi 2 qismi “G” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro tumani Galaosiyo shahrida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan X.A. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, Gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchi X.A.ga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech