27 Avgust 2021 yil 654

Buxoro tumanida "Xavfsiz hudud" keng qamrovli profilaktik tadbirlari kuchaytirildi.

Tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida bir qator profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Keng qamrovli "Xavfsiz hudud" tezkor profilaktik tadbirlari doirasida “Tig‘” va “Qoradori-2021” tadbirlarini samarali o‘tkazish bo‘yicha ishlar tashkil qilingan.

Mahallalarda o‘g‘rilik, bezorilik, tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq hamda boshqa turdagi jinoyatlarni oldin olish maqsadida ko‘cha yig‘ilishlari o‘tkazilib, bunda aholi xonadonlari va boshqa obyektlarni qo‘riqlash pultiga ulash, mahallalarni kameralashtirish, xonadon, avtomashina va boshqa turdagi mol-mulklarni qarovsiz qoldirmaslik, mahallada istiqomat qiluvchi notinch oilalar bilan ishlash, "Jamoatchilik nazorati maskanlari" faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ko‘ngilli fuqarolardan ko‘cha qorovulliklarini tashkil qilish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazilmoqda.

Ko‘cha va jamoat joylarida, aholi gavjum maskanlar hamda bozorlarda karantin qoidalariga rioya qilish, turli yuqumli kasalliklar, ayniqsa koronavirus kasalligining tarqalib ketishini oldini olish borasida sanitariya va epidemiologiya qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Text to speech