Buxoro tumanida "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" keng qamrovli profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
BMT bosh assambleyasi tomonidan e’lon qilingan «25 noyabr Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni» munosobati bilan korxona tashkilotlar va ta’lim muassasalarida «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun» shiori ostida Buxoro tumanida IIB xodimlari va tuman Respublika manaviyat va ma’rifat markazi Buxoro tuman bo‘linmasi , Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi Talaliyon, Gulshanobod va Gala Osiyo mahallari hamda ta’lim muassalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Bunda, oilaviy mojarolarni hal qilishda mahalla vaeillarini jalb qilinishi yaxshi amaliyot, chunki oiladagi ichki muammolar, dastlab, mahalla vakillari orasida muhokama qilinsa va tomonlarga to‘g‘ri va etarli nasihat qilinsa, muammo kuchayishining oldi olinishi va natijada zo‘ravonlikka chek qo‘yilishi mumkin.
Ammo amaliyotda bu tizim kutilganidek samarali ishlayapti, deb bo‘lmaydi. Ko‘p holatlarda mahalla oqsoqollari masalaga yuzaki yondashib, muammoni hal qilish yoki jabrlanuvchini himoya qilishga qiynalayapti.
Jabrlangan ayolning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytiri, o‘zaro uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim vazifa ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Jamoatchilik orasida keng tushuntirish ishlarini olib borib, oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha mavjud noto‘g‘ri tushunchalarni o‘zgratirish kerak. Bu ishga matbuot va nodavlat tashkilotlarini jalb qilish maqsadga muvofiq.
Oiladagi zo‘ravonliklarda, asosan, ayollar jabr ko‘rayotgani va muammoning echimi, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, oiladagi ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal qilishga bog‘liq.
Bundan tashqari, zo‘ravonlikka uchragan ayollarga qanday qilib o‘zlarini himoya qilish yo‘llari, bunday holatlarda kimga va qachon murojaat qilish, qaerdan yordam olishi mumkinligi to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni berish lozim.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi.
Shu sababli bu kabi huquqiy targ‘ibot tadbirlarini qaysidir bir sana munosabati bilan emas, sohaga taalluqli idoralar hamkorligida har kuni o‘tkazib borilishi oldimizda turgan eng muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.