22 Aprel 2022 yil 569

Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi

Joriy yilning 22-aprel kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida videoselektor tarzida tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar:
• Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi profilaktika inspektorlari faoliyatida aniqlanayotgan kamchiliklar va viloyat IIBning joriy 2020-yil 20-aprel kunidagi ko‘rsatmasi muhokamasi;

• viloyat hududida joriy yilning 4 oyi 20 kunida sodir etilgan jinoyatlar va hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar;

• O‘zbekiston respublikasi IIV ishchi guruhining Buxoro viloyatiga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish, joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan manzilli tashkiliy tadbirlar;

• Muborak Ramazon oyi davomida fuqarolarimiz tomonidan diniy amallarning xavfsiz ado etilishlari, masjidlarda fuqarolar va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish, masjidlar atrofi, ko‘cha va boshqa jamoat joylari va yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalar birma-bir muhokama qilindi.

Bunda, har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman (shahar) larga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech