Buxoro viloyat IIB boshlig‘i videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi
Bugun, 6-may kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida videoselektor tarzida tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar:
• huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklar;
• sektorlar faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi borasidagi vazifalar birma-bir ko‘rib chiqildi.
Bunda, har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman (shahar) larga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.