Buxoro viloyati 3-sektor ishchi guruhining navbatdagi sayyor qabuli Buxoro tumanida o‘tkazildi
Tasdiqlangan grafik asosida Buxoro viloyati 3-sektor ishchi guruhi tomonidan bugun, 1-mart kuni Buxoro tumani “Dilobod Zafarobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari O.Hasanov, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi o’rinbosarlari, viloyat hamda tuman korxona tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda 30 ga yaqin fuqarolardan imtiyozli kredit, ichimlik suvi, elektor taminotini yaxshilash, ichki yo‘llarni tamirlash, moddiy yordam, ish bilan ta’minlashga oid murojaatlar viloyat 3-sektor ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Qabul qilingan murojaatlarning 20 tasi joyida ijobiy hal etildi, ma’lum bir muddat talab etiladigan masalalar tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga biriktirildi va ijrosi nazoratga olindi.