28 Aprel 2022 yil 523

Buxoro viloyati 3-sektor ishchi guruhining navbatdagi sayyor qabuli G‘ijduvon tumanida o‘tkazildi

Tasdiqlangan grafik asosida Buxoro viloyati 3-sektor ishchi guruhi tomonidan bugun, 28-aprel kuni G‘ijduvon tumani “Baqqollar” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda tuman hokimi, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, ushbu mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi ishtirok etdilar.

Masʼullar tomonidan 20 ga yaqin fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalari yuzasidan qilgan murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olinib, mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi va ijrosi alohida nazoratga olindi.

Bundan tashqari mas'ullar tumanning 3-sektor hududida “Oziq-ovqat xafvsizligini taʼminlash” maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan, sektor hududidagi “Pozagari” mahallasida joylashgan oborotdan chiqqan er maydonini o‘zlashtirib, mazkur ajratilgan yer maydonining 20 sotixida pomidor, 15 sotixida bodring, 10 sotixida karam, 15 sotixida bolgar qalampiri, 10 sotixida piyoz, 20 sotixida sabzi va 10 sotixida oshqovoq ekildi.

Tuman bandlik birlashmasi qarori bilan ajratilgan yer maydoniga ishlash maqsadida bir nafar fuqaro biriktirilib, bandligi taʼminlandi.

Shu o‘rinda, ushbu ekin maydoniga yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari 3-sektordagi maktabgacha taʼlim muassasalariga, kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan, oilasida nogironligi bo‘lgan va tumandagi ko‘zi ojizlar maktabiga biminnat yetkazilib berilishi belgilandi.

Shuningdek, ishchi huruh tomonidan G‘ijduvon tuman hududida joylashgan umumtaʼlim maktablari oldida harakat xavfsizligini taʼminlash yosh bolalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham joyida o‘rganildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, tumanda jami 67 ta umumtaʼlim maktabi mavjud bo‘lib shulardan 3 tasi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-37 avtomobil yo‘li yoqasida, 38 tasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar yoqasida va 26 tasi esa ichki mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar yoqasida joylashgan.

Mazkur ta’lim muassasalari oldida harakat xavfsizligini taʼminlash, yosh bolalar ishtirokida sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l-taransport hodisalarining oldini olish maqsadida tuman IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan farmoyishga asosan tuman IIB sohaviy xizmatlari hamda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda kunning tig‘iz paytlarida ya’ni soat 07:30 dan 09:00 ga qadar hamda kech soat 17:00 dan 19:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida barcha umumtaʼlim maktablari oldida piyodalar xavfsizligi taʼminlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 11-fevral kuni davlat rahbari raisligida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi asosida o‘tkazilgan videosellektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman hokimligi binosi oldida, hududdagi maktablar oldida harakat xavsizligini taʼminlash uchun o‘rnatiladigan xavfsizlik vositalarning taqdimoti o‘tkazilib, serqatnov ko‘cha va yo‘llar yoqasida joylashgan 20 ta maktab oldida 30 km/soatdan yuqori tezlik cheklangan 3.24 yo‘l belgisi, maktab o‘quvchisi maketi hamda maktab o‘quvchilarining maktabga kelish hamda ketish vaqtlarida haydovchilarni hushyorligini oshirishga doir “G‘ijduvon tajribasi” asosida maktablarning kirish darvozasi oldida haydovchilarni piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolalarga ehtiyotkor bo‘lishga chorlovchi shiorlar yangrab turadidan ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatilmoqda.

Masʼullar ushbu tajribani boshqa tumanlarda ham joriy etish bo‘yicha topshiriq berdilar.

Text to speech