21 Dekabr 2021 yil 594

Buxoro viloyati 3-sektor ishchi guruhining navbatdagi sayyor qabuli Romitan tumanida o‘tkazildi

Tasdiqlangan grafik asosida Buxoro viloyati 3-sektor ishchi guruhi tomonidan 2021-yil 16-dekabr kuni Romitan tumani “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarning turli masalalar yuzasidan qilgan murojaatlari viloyat 3-sektor aʼzolari, viloyat hamda tuman mutasaddi idoralari, tuman sektor rahbarlari ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish uchun ijroga olingan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratiga olindi.

 

Text to speech