Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Vobkent tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat hokimi va Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida joriy yilning 5 aprel kuni Vobkent tumani Xayrobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, ushbu mahallaga hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi ishtirok etdilar.
Masʼullar tomonidan 20 ga yaqin mahalla faollari tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va fuqarolarning murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi hamda murojaatlar yechimi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha tekshirish talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.