Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Qorovulbozor tumanida olib borilayotgan g‘alla o‘rim-yig‘im tadbirlari bilan yaqindan tanishdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlari kabi Buxoro viloyatida ham “G‘alla-2022” o‘rim-yig‘im mavsumi boshlanib, qizg‘in pallaga kirmoqda.
“G‘alla-2022” tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, yetishtirilgan don maxsulotini nes nobud qilmasdan yig‘ib terib olish, o‘rib olingan don maxsulotini daladan don qabul qilish punktiga qadar xavfsiz tashish, turli talon torojliklarga yo‘l qo‘ymaslik va bunda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash choralarini ko‘rish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur tadbirlar davomida g‘alla o‘rim kombaynlari, don maxsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan yuk mashinalari va boshqa yordamchi texnikalarning talab darajasida ishlashi ham muhimdir.
Bu boradagi ishlarni yaqindan o‘rganish maqsadida bugun, joriy yilning 3 iyun kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev masʼul rahbarlar bilan birgalikda Qorovulbozor tumaniga borib, fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarida ekib yetishtirilgan g‘allaning o‘rim- yig‘im ishlari, mexanizator va tadbirga jalb etilgan boshqa kuch-vositalarga yaratilgan sharoitlar, don qabul qilish maskanida tashkil etilgan tizimli ishlar, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganligi borasidagi amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida g‘alla talon-toroji bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish profilaktik ishlariga jalb etilgan xodimlarga tegishli yo‘riqnomalar berilib, fermer xo‘jaliklari masʼullari bilan o‘rim mavsumi bilan bog‘liq muammoli masalalarni muhokama qildi.
Shuningdek, g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish va davlatga don topshirish rejasini bajarish borasidagi o‘rim-yig‘im tadbirlarini tashkillashtirish, g‘alla hosilini talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, bunda transport va texnika vositalarining sozligi, ishchilarning xafvsizligini taʼminlash borasidagi profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasida masʼullarga o‘zining bir qator ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.