28 Mart 2022 yil 386

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev ishtirokida Jondor tumani “Mustaqillik” mahallasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Bugun, 28-mart kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Jondor tumani “Mustaqillik” mahallasida joylashgan 2-son kasb-hunar maktabi yig‘inlar zalida tumanning 3-sektoriga qarashli mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

150 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda boshqarma boshlig‘i tomonidan tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor ishchi guruhi hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullari bilan birgalikda yoshlarning muammolari, taklif va murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqilib, atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, 20 dan ortiq yoshlar tomonidan kredit olish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, taʼlim kreditini rasmiylashtirishda yordam berish va moddiy yordam masalalarida qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga qabul qilingan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.

Ochiq muloqot davomida boshqarma boshlig‘i bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ayniqsa virtual jinoyatlar va yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklar qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan batafsil ma‘lumotlar berib o‘tdi.

 

Text to speech