26 Mart 2022 yil 407

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev Olot tumanining Arabxona mahallasida navbatdagi "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" ni o‘tkazdi

Xabaringiz bor, viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hududlarga chiqib yoshlar muammolari va murojaatlarini o‘rganmoqda.

Bugun, 26-mart kuni ham boshqarma boshlig‘i Olot tumanining eng chekka mahallalaridan biri, Arabxona mahallasida tuman 3-sektoriga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.

100 ga yaqin yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda boshqarma boshlig‘i sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor ishchi guruhi hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullari ishtirokida yoshlarning mavjud muammolari, taklif va murojaatlarini birma-bir ko‘rib chiqib, atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, 20 dan ortiq yoshlar tomonidan turli masalalarda qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.

Ushrashuv davomida yoshlarning imtiyozli kredit olish borasidagi murojaatlari yuzasidan bank mas'ullari tomonidan manzilli tadbirlar boshlab yuborildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar ish yurituviga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Uchrashuv yakunida Shuxrat Aliyev tuman 3-sektoriga qarashli mahallalarning hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan alohida suhbatlashib, ularning dastlabki ish natijalarini muhokama qildi.

Jarayonda, yangi tashkil etilgan ushbu mas’ullar zimmasidagi mas’uliyat, ular oldida turgan dolzarb vazifalar, kelgusida amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami hamda uning samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi.

Ochiq muloqot davomida boshqarma boshlig‘i bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ayniqsa virtual jinoyatlar va yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklar qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan batafsil ma'lumotlar berib o‘tdi.

Bundan tashqari mahalla aholisiga qulaylik yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishini oldini olish, aholining asosiy turdagi maxsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji va talablarini inobatga olgan holda arzonlashtirilgan oziq ovqat maxsulotlarining savdo yarmarkasi tashkillashtirildi.

Text to speech