12 Mart 2022 yil 448

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” G‘ijduvon tumanining 4-sektor hududidagi mahallalar yoshlari bilan o‘tkazildi...

Bugun, 12 mart kuni Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev G‘ijduvon tumani 4-sektori hududiga qarashli “Sardor” mahallasida joylashgan Musiqa va sanʼat maktabida yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida sanʼat maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari va tikuvchilik anjomlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

100 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda boshqarma boshlig‘i tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor ishchi guruhi hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullari bilan birgalikda yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, ularning taklif va murojaatlarini birma-bir ko‘rib chiqib, atroflicha muhokama qildi.

30 nafardan ortiq yoshlar tomonidan turli masalalarda qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning imtiyozli kredit olish borasidagi murojaatlari yuzasidan bank masʼullariga alohida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar ish yurituviga qabul qilinib ijrosi alohida nazoratga olindi.

Ochiq muloqot davomida boshqarma boshlig‘i bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ayniqsa virtual jinoyatlar va yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklar qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan batafsil maʼlumotlar berib o‘tdi.

Text to speech