Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Vobkent tumanida o‘tkazildi...
Bugun, 25-mart kuni Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Vobkent tumani Madaniyat uyi zalida tuman yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida san‘at maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari namoyish etildi.
250 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda boshqarma boshlig‘i tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor ishchi guruhi hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullari bilan birgalikda yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, ularning taklif va murojaatlarini birma-bir ko‘rib chiqib, atroflicha muhokama qildi.
50 nafarga yaqin yoshlar tomonidan turli masalalarda qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar ish yurituviga qabul kilinib ijrosi alohida nazoratga olindi.
Ushrashuv davomida yoshlarning imtiyozli kredit olish borasidagi murojaatlari yuzasidan bank mas‘ullariga alohida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
“Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash maqsadida go‘zallik saloni va sartaroshlik anjomlari, tikuv mashinalari kabi asbob uskunalar hamda imtiyozli kredit mablag‘larini olishlari uchun sertifikatlar topshirildi.
Ochiq muloqot davomida boshqarma boshlig‘i bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ayniqsa virtual jinoyatlar va yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklar qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan batafsil ma‘lumotlar berib o‘tdi.