31 Mart 2022 yil 431

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari Qorovulbozor tumanining hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining dastlabki ish natijalari bilan tanishdi.

Bugun, joriy yilning 31 mart kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Qorovulbozor tumani 3-sektor shtabi binosida, tuman 3-sektori ishchi guruhi, barcha mahallalarda xizmat faoliyatini olib borayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan yuzma-yuz uchrashib ish natijalarini muhokama qildi.

Tuman 3-sektori ishchi guruhi, mahalla mutasaddilari, joylarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining ish natijalarini birma-bir tahlil asosida ko‘rib chiqib, o‘zining eʼtirozlarini bildirdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada faoliyati boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga prezidentimiz tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonch, ular zimmalaridagi mas‘uliyat, oldinda turgan dolzarb vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami hamda samaradorlik ko‘rsatgichlari va prognozlari bo‘yicha o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi.

Text to speech