7 Dekabr 2021 yil 429

Buxoro viloyati 3-sektor ishchi guruhining navbatdagi sayyor qabuli Buxoro tumani Gulshanobod mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Qabulda Gulshanobod mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining ichki yo‘llarga shag‘al va asfalt yotqizish, tabiiy gaz bosimini oshirish, elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash, to‘lov-shartnoma pulini to‘lab berish, ariq va zovurlarni tozalash kabi masalalarga doir 15 dan ortiq murojaatlar viloyat 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, viloyat va tuman masʼullari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqildi.

Murojaatlar bilan ishlash jarayonida asosiy eʼtibor masalaning yechimi va ularning shu joyning o‘zida ijobiy hal etilishiga qaratildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olingan ayrim murojaatlar yuzasidan tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech