Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida giyohvand moddalar oldi-sottisi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi.
Viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbirlari davomida, joriy yilning 15 noyabr‘ kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Jondor tuman Ichki ishlar bo‘limi, DXX Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar T.Farog'iy ko‘chasida yashovchi 1963 yilda tug‘ilgan, M.A. mijozga Buxoro viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 15,41 grammni tashkil etgan “marixuana” giyohvandlik vositasini 4.500.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida qo‘lga olinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, gumon qilinuvchi A.T.ning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, unga tegishli bo‘lgan “Jiguli” avtomobilidan yana 4,23 grammga teng bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida fuqaro A.T. mazkur giyohvandlik moddasini Buxoro shahrida yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan A.K.dan olganligi aniqlanib, uning yashash xonadonida kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ko‘zdan kechirilganda, xonadondan oq qog‘ozga o‘ralgan jami 1,86 grammga teng bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.