10 Dekabr 2021 yil 425

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hududiy ichki ishlar organlari tayanch punktlari hamda huquq-tartibot maskanlari faoliyatini o‘rganmoqda.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining reja-taqsimoti asosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari va masʼul xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruhlar tomonidan joriy yilning 6-7 dekabr kunlari barcha shahar va tumanlarida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, huquq-tartibot maskanlari, profilaktika inspektorlarining xizmat uylarida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tayanch punktlarida normativ hujjatlarning yuritilishi, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tashkiliy hamda profilaktik tadbirlar o‘rganilib, joriy yilning 9 dekabr kuni boshqarma boshlig‘i huzurida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Muhokama yig‘ilishida, har bir mahallaga boshqarma boshlig‘ining shaxsan o‘zi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilishi yuzasidan reja taqsimot ishlab chiqilib, shu maqsadda bugun, joriy yilning 10 dekabr kuni erta tongdan, polkovnik Shuxrat Aliyev viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida Kogon shahriga borib, shaharning Istiqlol mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi ichki ishlar organlarining 69-sonli tayanch punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv jarayonida boshqarma boshlig‘i profilaktika inspektori bilan suhbatlashib, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari oldiga qo‘yilayotgan vazifalardan kelib chiqib, mahallada sodir etilgan jinoyatlar, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, mahallani jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarini birma-bir o‘rganib, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, ko‘cha va jamoat joylarini yoritish, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatib xizmat xonasiga integratsiya qilish, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turuvchi shaxslar bilan ishlash, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zining tegishili ko‘rsatmalarini berib, Kogon shahridagi barcha 22 ta mahallalarda xuddi shu tartibda ishlarni tashkil qilish borasida shahar Ichki ishlar bo‘limi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan biriktirilgan masʼul rahbarlarga topshiriqlar berdi.

Bu kabi o‘rganishlar tasdiqlangan reja-taqsimot asosida har kuni barcha shahar va tumanlarda bosqichma bosqich amalga oshirib boriladi.

 

Text to speech