Buxoro viloyati Kogon shahrida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi. Bugun, 1 aprel kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, Soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamatxanov hamda Kogon shahar sektor rahbarlari bilan birgalikda shaharning 3-sektoriga qarashli mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlarning muammolari, talab va takliflari hamda murojaatlarini o‘rgandi.
Bugun, 1 aprel kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, Soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamatxanov hamda Kogon shahar sektor rahbarlari bilan birgalikda shaharning 3-sektoriga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarning muammolari, talab va takliflari hamda murojaatlarini o‘rgandi.
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" da 60 dan ortiq yoshlarning mavjud muammolari, taklif va murojaatlari masʼullar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqilib, atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, 15 dan ortiq yoshlar tomonidan kredit olish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, taʼlim kreditini rasmiylashtirishda yordam berish masalalarida qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga qabul qilingan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.
Ochiq muloqot davomida boshqarma boshlig‘i bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ayniqsa virtual jinoyatlar va yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklar qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan batafsil ma‘lumotlar berib o‘tdi.