12 Aprel 2022 yil 455

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Jamoat xavfsizligi xizmati PPX batalyonining choraklik ish natijalarini muhokama qildi.

Viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hududlar va ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga borgan holda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning choraklik ish natijalarini muhokama qilib bormoqda.

Bugun, joriy yilning 12 aprel kuni boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, Jamoat xavfsizligi xizmati PPX batalyoniga tashrif buyurib, birinchi chorak davomida batalyon shaxsiy tarkibi tomonidan amalga oshirilgan ish natijalarini muhokama qilib, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolarni birma-bir ko‘zdan kechirdi.

Aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek batalyon shaxsiy tarkibiga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan avtotransport vositalari uchun mavjud avtosaroy hamda maxsus vositalarni saqlash uchun omborxonani qayta rekonstruksiya qilish borasida masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech