15 Aprel 2022 yil 550

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Jondor tumani 1-son ichki ishlar bo‘linmasi faoliyati va xodimlarga yaratib berilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijalari, xodimlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar va joylardagi mavjud muammolar yuzasidan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazmoqda.

Boshqarma boshlig‘i 15 aprel kuni Buxoro viloyati Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi, 1-son Ichki ishlar bo‘linmasiga borib, ushbu bo‘linmaning maʼmuriy hududida birinchi chorak davomida sodir bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan masʼullarining hisobotlarini tingladi.

Jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, hamkorlikda faoliyat olib boruvchi boshqa sohaviy xizmatlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik asosida tashkil etilgan patrullik guruhlarning xizmat yo‘nalishlarini vaziyatiga kundalik taqsimlab borish, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlarni tartibga keltirish, hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish borasida manzilli topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Bundan tashqari ushbu bo‘linma yonida bo‘lgan Oydin mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektorining xizmat uyini ham ko‘zdan kechirib, profilaktika inspektori va uning oila aʼzolari yashashi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni hal etish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasidan masʼul etib biriktirilgan rahbarlar, tuman IIB boshlig‘i va boshqa mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech