2 Aprel 2022 yil 450

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Jondor tumani ichki ishlar organlari tayanch punktlarining faoliyati va profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat uylarining holatini ko‘zdan kechirdi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev bugun Jondor tumanida bo‘lib, ichki ishlar organlarining tayanch punktlarida kundalik ish faoliyatining qay darajada tashkil etilganligi, tayanch punkti va xizmat uylarining holati, xodimlarga yaratib berilgan xizmat hamda turmush sharoitlarini o‘rgandi.

Jumladan "Demun" va Qozikent mahallalarining profilaktika inspektorlari xizmat uylarining holati, uylarda yaratilgan turmush sharoitlari, uyning tashqi va ichki taʼmirlanganligi, tomarqa yerlarida va xizmat uyi atrof hududlarida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, shuningdek Denov mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 296-sonli ichki ishlar organlarining tayanch punkti faoliyati, hudud profilaktika inspektorining yurituvidagi hujjatlar, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan ishlarini birma bir ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, hududda “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish borasida masʼul rahbarlarga aniq va manzilli topshiriqlar berib, ijrosini alohida nazoratga oldi.

Text to speech