Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘z ish kunini viloyat 3-sektoriga qarashli Vobkent tumanining "Xayrabod" mahallasini o‘rganishdan boshladi.
Joriy yilning 25 mart kuni erta tongdan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat 3-sektoriga qarashli Vobkent tumanining "Obod qishloq" dasturi doirasida obodonlashtirilishi rejalashtirilgan Xayrabod mahallasiga borib, mahalla va uning markazida amalga oshirilishi belgilangan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, mahallaning hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan alohida suhbatlashib, ularning dastlabki ish natijalarini muhokama qildi.
Jarayonda, yangi tashkil etilgan ushbu masʼullar zimmasidagi masʼuliyat, ular oldida turgan dolzarb vazifalar, kelgusida amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zining qator taklif hamda mulohazalarini bildirdi.
Bundan tashqari mahalla markazida qurilishi rejalashtirilgan ijtimoiy obyektlar, jumladan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli qishloq oilaviy poliklinikasi, 103 tez tibbiy yordam shaxobchasi va ijtimoiy dorixonani borib ko‘rib, u yerda yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, MFY binosida joylashgan ichki ishlar organlari tayanch punktiga kirib, hududiy profilaktika inspektorining faoliyatini, xizmat sharoitlari va uning yurituvidagi hujjatlarni, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida amalga oshirgan ishlarini ham o‘rgandi.
Mahallada o‘tkazilgan o‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, dastur asosida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni jadallashtirish, hududda xonadonbay, fuqarobay ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashi borasida aniq va manzilli topshiriqlar berdi.