21 Mart 2023 yil 393

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning “21 mart – Navro‘z umumxalq bayrami” munosabati bilan bayram tabrigi

Navro‘z – inson va tabiatni asrab-avaylashga, tinchlik, do‘stu birodarlik va hamkorlik kabi umumbashariy qadriyatlarni eʼzozlashga chorlaydigan ulug‘ bayramdir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda o‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan Siz, azmu shijoatli ichki ishlar organlari xodimlari, soha faxriylari hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolarini “Navro‘z umumxalq bayrami” munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Zero, Navro‘zi olamning mazmun-mohiyatida insonni ulug‘lash, uning qadri, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish kabi ezgu fazilatlar mujassamdir.

Ayni shu maqsadda, Navro‘zning ruhi va boqiy falsafasi biz bugun bunyod etayotgan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi bilan g‘oyat uyg‘un va hamohangdir.

Qadrli hamkasblar!

Fursatdan foydalanib, Sizlarning vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, obodligi va barqarorligi hamda xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan masʼuliyatli va sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin.

Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.

Navro‘z har bir oila, har bir xonadonga quvonch olib kelsin.

Text to speech