2 Aprel 2022 yil 437

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Jondor tumaniga borib, hududiy ichki ishlar organlarining quyi bo‘linmalari faoliyatini o‘rgandi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hududlarga chiqib, mahallalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari, “mahallabay” tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijalari o‘rganib bormoqda.

Boshqarma boshlig‘i bugun, joriy yilning 2 aprel kuni 2020 yil sentyabr oyida kapital taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy rekonstruksiya qilingan Jondor tumani "Xosakor" qishlog‘ida joylashgan 2 qavatli maʼmuriy binoda joylashgan 2-sonli mahalla ichki ishlar bo‘linmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Jondor, Qorako‘l va Olot tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi 1-sonli Ro‘yxatdan o‘tkazish va Imtihon olish bo‘limi hamda Yo‘l patrul xizmati otryadi 5-safarbarlik guruhi faoliyatini o‘rgandi.

2-sonli mahalla ichki ishlar bo‘limi tumanning 16 ta mahallalariga xizmat ko‘rsatib, bugungi kunda hududda 11 ta jinoyatlar qayd etilgan. Mahallalarning 4 tasi kriminogen vaziyati og‘ir qizil, 12 tasi jinoyat sodir etilmagan yashil toifaga ajratib olingan.

O‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i Shuxrat Aliyev, tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati va ushbu bo‘linma boshlig‘iga hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan kelib tushayotgan ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlar, bo‘linmaning xizmat ko‘rsatish hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida hududlarda “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish borasida manzilli topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Bundan tashqari, shu binoda joylashgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Jondor, Qorako‘l va Olot tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi 1-sonli Ro‘yxatdan o‘tkazish va Imtihon olish bo‘limi hamda Yo‘l patrul xizmati otryadi 5-safarbarlik guruhi faoliyatini ham ko‘zdan kechirib, safarbarlik guruhi xizmat ko‘rsatayotgan tumanlarda sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini birma-bir tahlil qilgan holda masʼul xodimlar ishtirokida muhokama qildi.

Sodir etilgan yo‘l transport hodisalarining sabab va omillaridan kelib chiqib, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i va boshqa masʼullarga qator ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

Text to speech