31 Mart 2022 yil 399

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Kogon shahar Ichki ishlar bo‘limi 1-son Ichki ishlar bo‘linmasi faoliyatini o‘rgandi.

Avval xabar berganimizdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hududlarga chiqib, hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish, “mahallabay” tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijalari, shu jumladan xodimlarga yaratib berilgan xizmat sharoitlarini o‘rganib bormoqda.

Shu maqsadda bugun, joriy yilning 31 mart kuni boshqarma boshlig‘i tegishli masʼullar ishtirokida Kogon shahar Ichki ishlar bo‘limi 1-son Ichki ishlar bo‘linmasiga borib, bo‘linmada xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kundalik xizmat faoliyatining qay darajada tashkil etilganligi, jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan kelib tushayotgan ariza va xabarlarning ko‘rib chiqilishi, fuqarolarning boshqa turdagi murojaatlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, xodimlar yurituvidagi hujjatlar, bo‘linmaning xizmat ko‘rsatish hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar va kelgusidagi rejalarni birma-bir ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, hududda "mahallabay", “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish borasida masʼul rahbarlarga aniq va manzilli topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Text to speech