24 Fevral 2022 yil 402

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Kogon tumani “Xo‘ja yakshaba” mahallasi aholisining murojaatlarini qabul qildi.

Bugun, 24 fevral kuni Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat hokimi va Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida Kogon tumani 3-sektoriga qarashli Xo‘ja yakshaba mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, mutasaddi idoralar masʼullari, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi, yuzdan ortiq mahalla faollari va fuqarolari ishtirok etdilar.

Dastlab, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolaridan iborat ishchi guruh aʼzolari tomonidan mahallada o‘rganishlar olib borilib, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi taʼminoti bilan bog‘liq muammolar hamda ichki yo‘llar holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora tadbirlar belgilanib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Masʼullar tomonidan 10 dan ortiq mahalla fuqarolari va faollari tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, shuningdek, 19 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 13 tasi joyida bartaraf etilib, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha tekshirish va muddat talab qiladigan 6 ta murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga bajarish muddatlari aniq ko‘rsatilgan topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul davomida 2 nafar fuqaroga nogironlar aravachasi berilib, surunkali kasallik bilan davolanayotgan fuqarolarga tibbiy yordamlar ko‘rsatildi.

5 nafar yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolarga tikuv mashinasi etkazib berildi.

Shuningdek, mahallaning 1.5 km. ichki yo‘llariga shag‘al yotqizilib, yana 12 km. yo‘llarini shag‘allashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Mahalla aholisi uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Bunda 10 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 71 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

Mehnat yarmarkasida mahallaning 3 nafar ishsiz fuqarosi ish bilan taʼminlangan bo‘lsa, yana 11 nafar ishsiz fuqarolarga yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari aholiga yana-da qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqatlar yarmarkasi ham tashkillashtirilib, eng zaruriy maxsulotlar yetkazib berildi

Text to speech