24 Mart 2022 yil 484

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Romitan tumani 3-sektoriga qarashli “Bog‘cha” mahallasining profilaktika inspektori faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi.

Xabaringiz bor, viloyat 3-sektor rahbari Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev joylarga chiqib mahallabay tizim asosida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini o‘sha hududlarning o‘ziga borib, aholi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tinglab, mahallalarda xizmat qilayotgan masʼullar bilan suhbatlashgan holda fikr almashib, tavsiya va topshiriqlar berib, aniqlangan aksariyat muammo va masalalarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Shu maqsadda bugun, joriy yilning 24 mart kuni boshqarma boshlig‘i bir qator masʼul rahbarlar bilan birgalikda Romitan tumani 3-sektoriga qarashli “Bog‘cha” mahallasiga borib, mahalla aholisiga qulaylik yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishini oldini olish, aholining asosiy turdagi maxsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji va talablarini inobatga olgan holda tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq ovqat savdo yarmarkasini borib ko‘rib, fuqarolarning kayfiyati va ularning fikr mulohazalari bilan qiziqdi.

Bundan tashqari, mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi 169-sonli ichki ishlar organlari tayanch punkti holatini ko‘zdan kechirib, hudud profilaktika inspektoriga yaratib berilgan xizmat sharoitlarini va uning yurituvidagi hujjatlarni o‘rgandi.

Mahalla raisi va profilaktika inspektorining hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlarini tingladi, ularga qator ko‘rsatma topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i Shuxrat Aliyev tuman 3-sektor rahbari, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va uning sektor faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha masʼul xodimi faoliyatini ham taftishdan o‘tkazib, tuman 3-sektoriga qarashli mahallalarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

Bu kabi o‘rganish ishlari tasdiqlangan grafik asosida har kuni barcha tuman (shahar) larda bosqichma bosqich davom ettirilmoqda.

Text to speech