10 Mart 2022 yil 404

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Romitan tumani “Attaron” mahallasi aholisining murojaatlarini qabul qildi

Bugun, 10-mart kuni Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat hokimi va Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida Romitan tumani 3-sektoriga qarashli “Attaron” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, mutasaddi idoralar masʼullari, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi, yuzdan ortiq mahalla faollari va fuqarolari ishtirok etdilar.

Dastlab, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolaridan iborat ishchi guruh aʼzolari tomonidan mahallada o‘rganishlar olib borilib, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi taʼminoti bilan bog‘liq muammolar hamda ichki yo‘llar holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Masʼullar tomonidan 10 dan ortiq mahalla fuqarolari va faollari tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda turli masalalardagi murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 9 tasi joyida bartaraf etilib, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga tavsiyalar berildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha tekshirish va muddat talab qiladigan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga bajarish muddatlari aniq ko‘rsatilgan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Quyi Mirishkor va Tag‘ori qishloqlarining 700 m. ichki yo‘llariga shag‘al yotqizilib, hudud aholisiga suyultrilgan gaz balonlari yetkazib berildi, mahalla ko‘chalari yo‘llarini shag‘allashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Mahalla aholisiga yakka tartibda mehnat faoliyatini olib borish uchun issiqxona qurish, imtiyozli kredit ajratish, dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun bo‘sh tomarqa yeri ajratilishi hamda xastaligi bo‘lgan fuqarolarga dori-darmon olishi uchun moddiy yordam va ko‘mir bilan taʼminlashda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Yig‘ilish so‘ngida boshqarma boshlig‘i tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasida mahalla aholisi ogohlikka chaqirilib, firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslik, o‘g‘rilik, tan jarohati hamda oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarni oldini olish borasida aniq misollar orqali huquqiy tushunchalar berildi.

Text to speech