18 Sentyabr 2021 yil 585

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bugun, 18 sentyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, taalluqli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlari, viloyat 3-sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘linmasi xodimlari, shahar-tuman IIB (IIO FMB) boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, ichki ishlar bo‘lim (GOM) hamda bo‘linma (POM) boshliqlari va tegishli xizmat sohalar masʼul xodimlari, shuningdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan hududlarga biriktirilgan rahbar xodimlar ishtirok etgan videoselektor yig‘ilishini boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev olib bordi.

Yig‘ilishda, quyidagi asosiy masalalar:

- Buxoro viloyati 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent tumanlari hamda barcha shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli hududlarda shakllantirilgan “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlari bilan ishlash borasidagi vazifalar, o‘tgan davr mobaynida yo‘l qo‘yib kelingan tizimli kamchiliklar, sektorlar faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan 3-chorak yakuni bo‘yicha prognoz ko‘rsatgichlari;

- kunlik sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar bo‘yicha qayd etilgan ariza va xabarlarni ko‘rib chiqish, jinoyatlarni hisobdan yashirish bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari yuzasidan idoraviy nazoratni kuchaytirish;

- “saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini takomillashtirish” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ijrosi, saylov jarayonlari davrida jamoat tartibi, fuqarolar va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar;

- Aholi murojaatlari bilan ishlash, viloyatning barcha mahallalarida, shu jumladan, viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent tumanlari hamda barcha shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli hududlarda fuqarolar noroziligiga sabab bo‘layotgan ijtimoiy masalalarni o‘rganish, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish borasidagi vazifalar birma-bir ko‘rib chiqildi.

Tanqidiy tarzda o‘tgan yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlar va masʼul xodimlarga qattiq intizomiy taʼsir choralari qo‘llash yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunida har bir masala bo‘yicha viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, mustaqil boshqarma, bo‘lim hamda bo‘linma boshliqlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan hududlarga biriktirilgan masʼullarga alohida topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech