Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
Joriy yilning 26 mart kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, taalluqli xizmat sohalarning rahbar va masʼul xodimlari, 3-sektorlar kotiblari ishtirokida videoselektor tarzida tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar:
- 2022 yilning 2 oyi 25 kuni davomida jinoyatchilik ahvoli, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish;
- 3-sektorlar faoliyatining birinchi chorak prognozlari va ish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar;
- oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning turmush tarzi va yashash sharoitini o‘rganish;
- yashash manzillaridan turli sabablarga ko‘ra uzoq muddatga chet mamlakatlarga ketgan fuqarolarning oilaviy sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
- yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun tayinlangan jarimalarni undirish va yo‘l transport hodisalarini oldini olish borasidagi dolzarb vazifalar;
- qishloq xo‘jaligi sohasida bahorgi ekin mavsumining boshlanishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi texnikalarining agrotexnik tadbirlarga tayyorgarligi bilan bog‘liq masalalar hamda bu yo‘nalishda 3-sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar birma-bir muhokama muhokama qilindi.
Har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman (shahar) larga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.