21 Mart 2022 yil 441

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyevning “21-mart – Navroʻz umumxalq bayrami” munosabati bilan bayram tabrigi

Navroʻz – inson va tabiatni asrab-avaylashga, tinchlik, doʻstu birodarlik va hamkorlik kabi umumbashariy qadriyatlarni eʼzozlashga chorlaydigan ulugʻ bayramdir.

Ushbu qutlugʻ ayyomda oʻz hayotini Vatan himoyasidek ulugʻ va olijanob ishga bagʻishlagan Siz, azmu shijoatli ichki ishlar organlari xodimlari, soha faxriylari hamda xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini “Navroʻz umumxalq bayrami” munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Bu yilgi bayram “Assalom, Navroʻz–yangilanish, mehr-oqibat va qadr–qimmat ayyomi!” deb, nomlanganligi bejiz emas.

Zero, Navroʻzi olamning mazmun-mohiyatida insonni ulugʻlash, uning qadri, izzat-hurmatini joyiga qoʻyish kabi ezgu fazilatlar mujassamdir.

Ayni shu maqsadda, Navroʻzning ruhi va boqiy falsafasi biz bugun bunyod etayotgan Yangi Oʻzbekiston gʻoyasi bilan gʻoyat uygʻun va hamohangdir.

Qadrli hamkasblar!

Fursatdan foydalanib, Sizlarning vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, obodligi va barqarorligi hamda xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borayotgan masʼuliyatli va sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh boʻlsin.

Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.

Navroʻz har bir oila, har bir xonadonga quvonch olib kelsin.

Text to speech