7 Mart 2022 yil 470

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi...

Bugungi qutlug‘ sana – “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan safimizda bo‘lgan barcha ayol xodimalarni va faxriylarimizni samimiy tabriklayman.

Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning tengsiz latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonimiz fayzu-farishtasi ekani to‘g‘risida ulug‘ mutaffakkirlar, shoir va allomalar qanchadan qancha dil so‘zlarini bayon etganlar.

Ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, moʻtabar Onalarimizni ardoqlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish mamlakatimiz Taraqqiyot strategiyasining ham eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi ichki ishlar organlari tizimida ham ko‘plab xotin-qizlarimiz xalq manfaatlari yo‘lida, fidoyilik va sadoqat bilan xizmat qilib kelmoqdalar.

Erkak xodimlar bilan bir safda, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida munosib xizmat qilayotgan, shu bilan birga oilasida vafoli yor, mehribon ona, opa-singil, kelin va boshqa bir qator vazifalarni bir paytning o‘zida bekamu ko‘st ado etayotgan opa-singillarimizning har biri jasorat namunasidir.

Bugun o‘zining fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, davlat va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, ibratli fazilatlari bilan Xalqimiz o‘rtasida obro‘-eʼtibor qozongan opa-singillarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.

Qadrli opa-singillar!

Latofatli, dilbar qizlar!

Bahorning ilk bayrami munosabati bilan Sizdek fidoyi va mehribon hamkasblarimizga shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, Siz har jabhada ilg‘or, tashabbuskor, oqila va ibratlisiz.

Hurmatli nafosat sohibalari!

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, uzoq umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.

Mening tilagim va niyatim bitta – oilangiz, farzandlaringiz el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘ling!

Doimo Xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin.

Text to speech