8 Aprel 2022 yil 646

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Qorako‘l tumani 3-sektoriga qarashli mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining birinchi chorak ish natijalarini muhokama qildilar.

Bugun, joriy yilning 8 aprel kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Qorako‘l tumani 3-sektori ishchi guruhi, sektorga qarashli mahallalarda xizmat faoliyatini olib borayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning 2022 yil birinchi chorak davomida amalga oshirgan ish natijalarini muhokama qildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada faoliyati boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga prezidentimiz tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonch, ular zimmalaridagi mas‘uliyat, oldinda turgan dolzarb vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami hamda samaradorlik ko‘rsatgichlari va prognozlari bo‘yicha o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi.

Shu o‘rinda hokim yordamchilari va yoshlar etakchilari ham o‘zlari faoliyat olib borayotgan mahallasida mavjud viloyat hamda respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni o‘rtaga tashladilar.

Mas‘ullar tomonidan aniqlangan muammolar yuzasidan chora tadbirlar belgilanib, har bir masala ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech