Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i shahar IIO va FMB YHXB hamda M va FRB ning choraklik ish natijalarini ham joyiga chiqib muhokama qildi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning navbatdagi o‘rganishlari Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limida davom ettirildi.
Boshqarma boshlig‘i masʼul rahbarlar ishtirokida Buxoro shahar IIO va FMB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limining 3 oylik ish natijalarini muhokama qildi,
Keyingi manzil, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi bo‘ldi.
Bu yerda Shuxrat Aliyev fuqarolik pasporti va xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq bugungi kundagi muammolar, mavjud texnika vositalari va xodimlarning kundalik yuklamalari bilan yaqindan tanishdi.
Bo‘limda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish, xodimlarning kasbiy etika qoidalariga rioya qilishlari, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek mazkur ikkala tizim xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalalarini ham muhokama qildi.