23 Noyabr 2021 yil
6177
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shofirkon tuman IIBning kapital ta'mirdan chiqayotgan maʼmuriy binosi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi
Bugun, 23-noyabr viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, Shofirkon tuman mutasaddilari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi masʼul rahbarlari ishtirokida tuman Ichki ishlar bo‘limi binosining mukammal ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.
IIB binosida olib borilayotgan qurilish ishlari va unda yaratilayotgan zamonaviy qulayliklarni joyida borib o‘rganish jarayonida qurilishning belgilangan grafik asosida qisqa fursatda sifatli borishi, qurilish mollari, zaruriy texnika hamda boshqa vositalarning yetarliligi va mavjud muammolarni birma-bir ko‘zdan kechirib, aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.