6 Aprel 2022 yil 430

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev Buxoro shahar IIO FMB 2 va 4-son Ichki ishlar bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi.

Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hududlarga chiqib hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijalarini o‘rganib bormoqda.

Boshqarma boshlig‘i bugun, 6 aprel kuni Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2 va 4-son Ichki ishlar bo‘limlariga borib, ushbu bo‘limlarning maʼmuriy hududlarida birinchi chorak davomida sodir bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan ushbu bo‘limlar masʼullarining hisobotlarini tingladi.

Jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlar, hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish borasida manzilli topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Shuningdek, ushbu bo‘limlarda xodimlarning xizmat olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan har bir kamchilik va muammolar yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi masʼul rahbarlari, shahar IIO FMB hamda 2 va 4-soni Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlariga ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech