Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev Qorovulbozor tumanida yoshlar muammolarini o‘rgandi.
Bugun, 31 mart kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shuxrat Aliyev Qorovulbozor tumani “Imom Buxoriy” mahallasida tuman 3-sektoriga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" deya nomlangan ushbu ochiq muloqotda 50 ga yaqin yoshlarning mavjud muammolari, taklif va murojaatlari tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor ishchi guruhi hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullari ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqilib, atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, 10 dan ortiq yoshlar tomonidan kredit olish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, taʼlim kreditini rasmiylashtirishda yordam berish masalalarida qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga qabul qilingan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.
Ochiq muloqot davomida boshqarma boshlig‘i bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ayniqsa virtual jinoyatlar va yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklar qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan batafsil ma‘lumotlar berib o‘tdi.